- - O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2314 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2314 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 8-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 16 nafarga ko‘payib, 2 314 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 7-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 2298 tani tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kornavirus infeksiyasi bilan kasallanish ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1656 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 nafar bemor esa vafot etgan.

Kasallanish holatlari soni nisbatan kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumati karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.


Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.