Главная - Новости - Asalhoneyni urib, tanasini skotchlab ketishdi. Uni ichki ishlar xodimlari qutqardi

Asalhoneyni urib, tanasini skotchlab ketishdi. Uni ichki ishlar xodimlari qutqardi

Internetda Asalhoney nomi bilan tanilgan X.M. ismli ayol 5-may oqshomida o‘zi yashaydigan uyda bir erkakning hujumiga uchragan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 5-may kuni soat taxminan 20:15 da Mirzo Ulug‘bek tumani 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulug‘bek tumani Markaz-1 mavzesida yashovchi, internetda Asalhoney nomi bilan tanilgan ayolning xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.

Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalyon 1-otryadi xodimlari — safdor Sh.Tohirov va S.Kamolov jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo‘lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko‘rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlagan.


Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo‘limida gumon qilinuvchining shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar Uchtepa tumani Peshqadam ko‘chasida yashovchi Ya.A. ekanligi, muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

“Xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha uyga kirishganda, u yerda yashovchi X.M. (internetda Asalhoney nomi bilan tanilgan ayolning haqiqiy ism-sharifi bosh harflari) og‘zi, qo‘li va oyoqlari skotch bilan bog‘langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda IIV.

Fuqaro X.M.ning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yuz bergan voqea yuzasidan videoxabar qoldirgan. Uning ta’kidlashicha, gumon qilinuvchi ijtimoiy tarmoqda jabrlanuvchining katta miqdordagi pul bilan tushganini tasvirlarini ko‘rib, shu pullarga ega bo‘lish maqsadida uning uyiga kelgan va ayolga hujum qilgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.