Главная - Новости - AQShda koronavirus qurbonlari soni 75 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 75 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 75 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, AQShda COVID-19 qurbonlari soni 75 670 kishiga yetgan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 256 972 kishini, davolanishga muvaffaq bo‘lganlar esa 195 mingdan ortiq bemorni tashkil etmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp 3-may kuni AQShda koronavirusdan vafot etuvchilar soni haqidagi prognozida ko‘rsatgan raqamni kattarog‘iga almashtirgan. U avval 60-65 ming atrofida odam kasallikdan o‘ladi, degan bo‘lsa, Fox News’ga bergan intervyusida vafot etganlarning soni 75-100 mingga yaqin bo‘lishini taxmin qilgan. Keyinroq Tramp koronavirusni Ikkinchi jahon urushi bilan taqqoslagan edi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.