Главная - Новости - Tramp AQSh Rossiyaga sun’iy nafas oldirish apparatlarini yetkazib berishiga Putin rozi bo‘lganini aytdi

Tramp AQSh Rossiyaga sun’iy nafas oldirish apparatlarini yetkazib berishiga Putin rozi bo‘lganini aytdi

Vladimir Putin AQShning Rossiyaga o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarini yuborish haqidagi taklifini qabul qildi. Reuters’ning xabar berishicha, bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Texas gubernatori Greg Ebbott bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat fonida bildirilgan.

Avvalroq 7-may kuni ikki mamlakat rahbarlari telefon orqali suhbatlashgan va koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan. Suhbat chog‘ida Tramp Rossiyaga tibbiy asbob-uskunalar partiyasini yetkazib berishni taklif qilgani haqida Kreml xabar bergan.

Aprel oyi boshlarida Rossiya AQShga koronavirusga qarshi kurashish uchun ijtimoiy yordam yuborgan edi. Unda tibbiy himoya vositalari va texnikalar, shu jumladan, sun’iy nafas oldirish apparatlari ham bo‘lgan. AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Orteus yuklar beminnat tarzda emas, bozor narxida bo‘lmagan to‘lov evaziga yuborilganini aytgan. Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova yuk narxining yarmi Rossiya investitsiya fondi tomonidan, qolgan qismi esa Amerika tomonidan qoplanganini bildirgan.

16-aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga o‘pkani sun’iy nafas oldirish uskunalarini yetkazib berishda ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh koronavirus bilan kasallanganlar (1,25 mln) hamda vafot etganlar (75 ming) soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda. Rossiya esa koronavirusga chalinganlar soni (177 ming) bo‘yicha dunyoda beshinchi, vafot etganlar soni (1625) bo‘yicha esa yigirmanchi o‘rinda.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.