Главная - Новости - Andijonda uyida giyohvand modda saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda uyida giyohvand modda saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida uyida marixuana giyohvand moddasini saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 4-may kuni viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori—2020” tadbiri davomida Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Sh.M. xonadonidan 840 gramm marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Tuman IIB hamda DXX xodimlari “Ittifoq” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.M. xonadonida bo‘lganida umumiy og‘irligi 775 gramm bo‘lgan ho‘l holatdagi va 65 gramm qovurilgan marixuana giyohvand moddasini topgan.

Holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.