Главная - Новости - Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 80 kishiga ko‘payib, 4 502 nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 80 kishiga ko‘payib, 4 502 nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 80 ta holat qayd etilib, butun mamlakat bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni 4 502 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 30 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 1 408 nafar bemor sog‘aygan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Olmaota — 28 ta;
Nur-Sulton — 25 ta;
Atirau viloyati — 11 ta;
Mang‘istov viloyati — 9 ta;
Ko‘stanay viloyati — 4 ta;
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 2 ta;
Qizilo‘rda viloyati — 1 ta holat;
Mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 6-may kuni 72 ta, 5-may kuni ham 72 ta holat qayd etilgan. 4-may kuni esa ular soni 21 nafarga oshgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, suhbat chog‘ida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ham muhokama qilgandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.