Главная - Новости - Qashqadaryoda tergovchi jarima maydoni qorovuliga bosim o‘tkazib, tanishining mashinasini noqonuniy olib chiqishga urindi

Qashqadaryoda tergovchi jarima maydoni qorovuliga bosim o‘tkazib, tanishining mashinasini noqonuniy olib chiqishga urindi


Qashqadaryo viloyatida jarima maydoni qorovuliga bosim o‘tkazib, tanishining mashinasini noqonuniy olib chiqishga uringan tergovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yil 2-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Oyog‘i yerdan uzilgan tergovchi” sarlavhali videotasvir paydo bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tasvir Kitob tumanida suratga olingan.

Qashqadaryo IIB axborot xizmatining yozishicha, 2020-yil 22-aprel kuni tumanning “Bo‘ston” mahallasi, Abdulla Qodiriy ko‘chasida yashovchi R.Karimov O‘zbekiston Respublikasi O‘z xavfsizligi boshqarmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilib, jarima maydonida qorovul bo‘lib ishlashini, tuman IIB tergovchisi unga bosim o‘tkazib, haqorat qilgan holda tanishiga tegishli mashinani noqonuniy olib chiqqanligini bildirgan.

Aniqlik kiritilishicha, YPX inspektorlari karantin qoidasini buzgan haydovchiga tegishli Nexia’ni tumandagi “Kommunal foydalanish boshqarmasi” MChJga qarashli jarima maydoniga olib keladi. Avtomobili jarima maydoniga qo‘yilgan haydovchi YPX inspektorlari ketgach, tuman IIB tergovchisi Alisher Muhammadiyevga qo‘ng‘iroq qilib, qoravulga tergovchi so‘rayotganini aytadi.

Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Alisher Muhammadiyev esa qorovulga avtomashinani jarima maydonidan chiqarib yuborishini aytib, bosim o‘tkazadi. Jarima maydoni qorovuli tergovchi gapini rad etgach, oradan besh daqiqa vaqt o‘tib tergovchi xizmat kiyimida jarima maydoniga kelib, yana uni haqorat qiladi va mashinani chiqarishni talab qiladi.

Videotasvirdan anglashilishicha, tergovchining noqonuniy talabi bajariladi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.