Главная - Новости - Tramp AQShda koronavirus qurbonlari sonining ortishi to‘g‘risidagi prognozlarni xato deb atadi

Tramp AQShda koronavirus qurbonlari sonining ortishi to‘g‘risidagi prognozlarni xato deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Jons Hopkins va Vashington universitetlari tomonidan AQShda koronavirus pandemiyasi oqibatida vafot etadiganlar soniga oid prognozlar qilishda foydalaniladigan modelni xato deb atadi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Vashington shtati universiteti huzuridagi Sog‘liqni o‘lchash va baholash instituti 4-may kuni AQShda COVID-19 qurbonlari soni 4-avgustga borib 134 475 kishiga yetishi prognoz qilingan modelni taqdim etdi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Jons Hopkins universiteti esa iyun oyiga borib koronavirus oqibatida har kuni vafot etayotgan bemorlar soni ikki barobarga oshishini bashorat qilgan.

“Ushbu modellar birinchi kundanoq juda qattiq adashgan. Shunga qaramay, ular yangi modellarni tuzishni davom etmoqda va bu ham xato”, — deydi AQSh prezidenti.

“Siz eslab o‘tgan modellar yengilliklarni hisobga olmayapti (salbiy oqibatlarni — tahr.)”, — deydi Tramp. Shu bilan birga u, bu kabi choralar mamlakat hukumati tomonidan qabul qilinayotganini qayd etib o‘tgan.



Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 3-may kuni AQShda koronavirusdan vafot etuvchilar soni haqidagi prognozida ko‘rsatgan raqamni kattarog‘iga almashtirgan. U avval 60-65 ming atrofida odam kasallikdan o‘ladi degan bo‘lsa, Fox News’ga bergan intervyusida vafot etganlarning soni 75-100 mingga yaqin bo‘lishini taxmin qilgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.