Главная - Новости - Salim Abduvaliyev: O‘z yurtim va Prezidentimni yaxshi ko‘raman

Salim Abduvaliyev: O‘z yurtim va Prezidentimni yaxshi ko‘raman

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti, xalq orasida “Salimboy” nomi bilan mashhur bo‘lgan Salim Abduvaliyev 5-may kuni o‘zining 70 yoshini qarshi oldi

Taniqli funksioner tavallud kuni arafasida bergan intervyusida o‘z yurtiga muhabbati cheksiz ekanini bildirdi.

“Bu dunyoda ko‘plab voqeliklarni boshdan kechirdim va hayotimdan faxrlanaman. O‘z vatanini, an’analarini va prezidentini yoqtirmaydiganlar odam emas, garchi “odam yaxshiroq, baliq chuqurroq joyni qidirsa” ham. O‘z davlatim, o‘z vatanimni yaxshi ko‘raman, ayniqsa Toshkentni! Shu bilan birga, o‘z rahbarlarim va qiyin damlar bo‘lishiga qaramay bizga shunday sharoit yaratib berayotgan Prezidentimni yaxshi ko‘raman. Men o‘z yurtimga xizmat qilaman, chunki ota-onam shunday tarbiyalagan”, — deydi Abduvaliyev.


Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev 1997-yildan buyon O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. Shuningdek, u 2000-yildan beri Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib boradi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.