Главная - Новости - AQShda koronavirus qurbonlari soni 134 ming kishiga yetishi mumkinligi prognoz qilindi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 134 ming kishiga yetishi mumkinligi prognoz qilindi

AQShda koronavirus pandemiyasi oqibatida 134 mingdan ortiq odam vafot etishi mumkin. Bu haqda Vashington shtati universiteti huzuridagi Sog‘liqni o‘lchash va baholash instituti hisob-kitoblariga tayanib, CNN xabar berdi.
Mazkur hisob-kitoblar ekspertlarning bundan oldingi prognozlaridan ikki barobarga ko‘p, demak. COVID-19 qurbonlari sonining oshishi ayrim Amerika shtatlarining iqtisodiyotini saqlab qolish maqsadida karantin choralarini susaytirgani fonida mamlakat aholisining harakatchanligi oshgani bilan bog‘lanmoqda.

Institut professori Ali Mokdadning so‘zlariga ko‘ra, prognozning yomonlashuviga bir necha sabablar bor.

“Ulardan biri — muddatidan oldin insonlarning xotirjamlikka berilib, ijtimoiy masofalanishga rioya qilmagan holda harakatchanligining oshishi. Biz O‘rta G‘arbdagi kasallik o‘choqlari tufayli ko‘plab o‘lim holatlari qayd etilishini taxmin qilmoqdamiz”, — deydi Mokdad.

Olimning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19’ning epidemiologik vaziyati va o‘lim holatlariga turli omillar ta’sir ko‘rsatmoqda — ob-havo, aholining zichligi, testdan o‘tkazish imkoniyati. “Eng muhim omil odamlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi”, — deya aniqlik kiritadi Mokdad.

Avvalroq AQSh administratsiyasi 1-iyunga borib COVID-19’dan vafot etgan mamlakat fuqarolarining soni ikki barobar ko‘payishini taxmin qilgandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.