Главная - Новости - Shvetsiyada dala o‘rtasida bir kishilik restoran ochildi

Shvetsiyada dala o‘rtasida bir kishilik restoran ochildi

Shvetsiyaning Ranseter shaharchasidan uncha uzoq bo‘lmagan hududdagi dala o‘rtasida bir kishilik restoran ochildi. Uni ochgan er-xotinning fikricha, shu tariqa ijtimoiy masofalanishga amal qilib, restoranga borish mumkin, deb yozadi CNN.

Bord för En ( “Bir kishi uchun stol”) restorani menyusida uch xil yegulik bor: Shvetsiya uslubida pishirilgan kartoshkali va smetanali oladilar, sabzi va zanjabil pyuresi qo‘shilgan shirin jo‘xorili kroketlar hamda desertga qorag‘atli shirinlik.

Har bir yegulikka alkogolsiz mahalliy ichimlik taklif qilinadi. Mehmon ovqat uchun o‘zi xohlagan pulni to‘lashi mumkin.


Restoran 10-maydan 31-avgustgacha ishlaydi. Bu yerdagi yagona joy allaqachon bir necha kunga bron qilingan.

Restoran egalari mehmonlardan xavfsiz masofada qolishi uchun stolga buyurtma arqonga ilingan savatchada yetkaziladi.


Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.