Главная - Новости - Putin Kim Chen Inni g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan taqdirladi

Putin Kim Chen Inni g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan taqdirladi

KXDR yetakchisi Kim Chen In “1941—1945-yillarda sodir bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchixonasi Rossiya prezidentining farmoniga asoslanib ma’lum qildi.


Medal Kim Chen Inga KXDR hududida urush davrida vafot etgan va ko‘milgan fuqarolarining xotirasini abadiylashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi va respublikada dafn etilgan askarlarning yodgorliklari xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi uchun topshirilgan.

5-may kuni Rossiya elchisi Aleksandr Matsegor medalni KXDR tashqi ishlar vaziri Li Son Gvonga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alabaning 75 yilligini nishonlash bilan bog‘liq barcha tadbirlarni bekor qilgan edi. Belarusda esa 9-may G‘alaba paradi bekor qilinmaydigan bo‘ldi. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davriga oid “G‘alaba bog‘i majmuasi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan.

Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.