Главная - Новости - AQShda barra go‘sht savdosiga cheklov o‘rnatildi

AQShda barra go‘sht savdosiga cheklov o‘rnatildi

Amerikada bir vaqtning o‘zida ikkita yirik supermarketlar tarmog‘i — Castco va Kroger barcha turdagi barra go‘sht mahsulotlari, shuningdek, qiyma savdosi hajmi cheklanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Komsomolskaya pravda”.

Kroger’da mazkur cheklov ayrim do‘konlarga taalluqli, Costco rahbariyati esa cho‘chqa, mol va parranda go‘shti savdosini cheklash bo‘yicha qaror qabul qilib, bir kishiga uch qadoqdan ortiq sotmaslikni belgilab qo‘ygan. Bundan tashqari, bu kabi o‘ziga xos imtiyozdan Costco xaridorlar klubi a’zolari foydalana oladi, supermarketlar tarmog‘iga tashrif buyurgan xaridorlarda a’zolik guvohnomasi bo‘lmasa, ularga go‘sht sotilmaydi. Costco xaridorlar klubiga a’zolik pulli hisoblanadi. Cheklov hozirda muzlatilgan go‘sht va yarim tayyor mahsulotlarga taalluqli emas.

Costco o‘zining rasmiy sahifasi orqali vahimaga tushgan xaridorlarni tinchlantirishga uringan: “Bizning yetkazib beruvchilarimiz talab yuqori bo‘lgan barcha tovarlar va mahsulotlarni peshtaxtalarga yetkazilishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda”.

Do‘konlarda go‘sht taqchilligiga oid vaziyatni sotuvchilar bir oy oldin, AQShda go‘sht kombinatlari yopilishni boshlaganidayoq prognoz qilgandi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp go‘sht kombinatlarining mavqeyini mudofaa korxonalariga tenglashtirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.