Главная - Новости - Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi

Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may tongida yuz bergan falokatdan so‘ng viloyatning Sardoba, Oqolotin, Mirzaobod tumanlarida suv toshqinlari kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

Avvalroq toshqindan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida bir fermer suvda oqib ketayotgan ikki qizaloqni qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari vertolyotlari yordamida 300 ga yaqin odam qutqarilgan.


Hodisa yuz bergan kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarning birida toshqin bir xonadonni vayron qilayotgani, videoa olayotgan fuqaro esa o‘sha tomonga Milliy gvardiya xodimi suzib ketganini ta’kidlayotganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, toshqin ichida qolgan qishloqda qolib ketganlarni izlayotgan qutqaruvchilar videosi ham e’lon qilingan edi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.