Главная - Новости - Surxondaryoda Lacetti ikki bolani urib yubordi. 8 yoshli bola vafot etdi

Surxondaryoda Lacetti ikki bolani urib yubordi. 8 yoshli bola vafot etdi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida 3-may kuni soat 20:00 larda yosh bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Hodisa “O‘zbekiston” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lining 9-kilometrida yuz berdi. 1983-yilda tug‘ilgan D.G. Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 8 yoshli R.Sh. (o‘g‘il bola) va 7 yoshli Sh.X. (qiz bola)larni urib yuborgan.

Piyoda 8 yoshli R.Sh. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoshli Sh.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.


Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

YHXBB yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaat qilib, yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e’tiborli bo‘lishni so‘radi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.