Главная - Новости - O‘zbekistonda bir kunda 32 kishida koronavirus aniqlandi, 59 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekistonda bir kunda 32 kishida koronavirus aniqlandi, 59 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 2-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 5 kishiga ko‘payib, 2118 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2-may davomida jami 32 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Kasallik eng ko‘p qayd etilgan Toshkent shahri (639 ta holat) va Buxoro viloyatida (428) 2-may kuni kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilmadi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 nafardan oshgan hududlar 8 taga yetdi. 2-may kuni Samarqandda 12 kishida koronavirus aniqlanib, viloyatdagi umumiy kasallanganlar soni 105 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda, 2-may davomida Namangan viloyatida 17 nafar, Qoraqalpog‘istonda sakkiz nafar, Xorazm viloyatida uch nafar, Andijon viloyatida ikki nafar, Toshkent shahrida 29 nafar — jami 59 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Jami sog‘ayganlar soni 1271 nafarga yetib, 2-may yakunlariga ko‘ra jami qayd etilgan kasallanish holatlarida sog‘ayganlar ulushi 60 foizni tashkil etdi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.