Главная - Новости - O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2127 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2127 nafarga yetdi



O‘zbekistonda 3-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 9 kishiga ko‘payib, 2127 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 2-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2118 nafarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, 1271 nafari esa sog‘aygan.

Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.