Главная - Новости - Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlarining soni 21 mingdan oshib ketdi

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlarining soni 21 mingdan oshib ketdi

Buyuk Britaniyada 28-aprel holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 586 nafar odam koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Kasallanganlar soni 3996 nafarga ko‘paygan, vafot etganlarning umumiy soni esa 21,6 mingga yetgan. Bu haqda qirollik sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok Dauning-stritda har kuni o‘tkaziladigan brifingda ma’lum qilgan, deb yozmoqda Reuters.

COVID-19 sabab vafot etganlarning umumiy soni 21 678 nafarni tashkil qilgan (bir kun avval ushbu raqam 21 092 ga teng edi), kasallanganlar esa 161 145 nafarni (bir kun avval 157 149) tashkil qilmoqda, degan vazir.

26-aprelda e’lon qilingan statistikada Britaniyada 360 kishi koronavirusdan o‘lgani va bu oxirgi to‘rt hafta ichidagi eng past ko‘rsatkich ekani ma’lum qilingandi. Biroq xabardor qilish tizimlari dam olish kunlari to‘liq ishlamaydi, shu sababli 28-aprelga borib raqam kutilganidan ko‘ra kattaroq ekani ma’lum bo‘ldi: kasallanganlar soni esa 4 310 nafarga ko‘paygan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.