Главная - Новости - Saudiya Arabistonida koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar beradi Akhbaar24.

Onaning ahvoli yaxshi deya baholanmoqda, ayol sekin-asta tuzalmoqda. Biroq kasalxona shifokorlari tug‘ruq vaqtida koronavirus yuqtirib olmaslik uchun himoya choralarini ko‘rishga majbur bo‘lgan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan chaqaloqqa ham bir qator tibbiy muolajalar qo‘llanilgan.

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat mart oyining boshlarida aniqlangan. Infeksiya Bahrayn orqali Erondan kelgan podshohlik fuqarosida aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 20 ming kishidan oshgan, 152 kishi vafot etgan.

Avvalroq Amerikada koronavirus sabab komada yotgan ayol farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.