- - Rolls-Royce egalari uchun maxsus bilyard stoli yaratildi

Rolls-Royce egalari uchun maxsus bilyard stoli yaratildi

Amerikaning 11 Ravens kompaniyasi faqatgina Rolls-Royce avtomobiliga ega xaridorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan cheklangan miqdordagi bilyard stolini yaratdi, deb xabar beradi Motor.

Kaliforniyaning Anaxaym shahrida joylashgan 11 Ravens firmasi alyuminiy romga o‘rnatilgan Lucite markasidagi qora organik oyna, diodlar va 14 qirotli (karat) oltin bilan bezatilgan bilyard stolini taqdim etdi. Stol dizaynini yaratishda ularni Amerikaning stels-qiruvchi samolyotlari ilhomlantirgan. Bilyard stoli jamlanmasidan stol tennisi o‘ynashda qo‘l keladigan metall romga o‘rnatilgan to‘r, eksklyuziv sharlar to‘plami va ikkita kiy o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, stolning barcha ortiqcha qismlarini yechib olib, sport inventarini oddiy tushlik stoliga aylantirish mumkin. Mazkur bilyard stolining narxi 250 ming dollarga teng. Biroq uni sotib olish oson emas. Birinchidan, stol besh nusxada yaratilgan; ikkinchidan, uni xarid qilish uchun Rolls-Royce avtomobiliga ham ega bo‘lish kerak.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.