- - Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi

Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ahvolidan xabardor ekanligini ma’lum qildi, biroq u bu haqda gapirishni istamagan, deb xabar beradi “RBK”.

“Hozir bu haqda gapira olmayman. Unga faqat yaxshiliklarni tilayman… Umid qilamanki, uning ahvoli yaxshi. Umuman olganda, u o‘zini qanday his qilayotganidan xabarim bor. Sizlar bu haqda yaqin vaqt ichida boxabar bo‘lasiz”, — deydi Tramp Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida.

Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.