- - JSST: Koronavirus sabab chegaralar yopilgani boshqa kasalliklarni davolovchi vaksinalar yetishmovchiligini yuzaga keltirdi

JSST: Koronavirus sabab chegaralar yopilgani boshqa kasalliklarni davolovchi vaksinalar yetishmovchiligini yuzaga keltirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus ko‘plab davlatlarda koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin sabab chegaralarning yopib qo‘yilgani boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladigan vaksinalar tanqisligini yuzaga keltirganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra poliomelit, qizamiq, vabo, odam papillomasi virusi, sariq isitma kasalligi va meningitga qarshi emlash bo‘yicha 14 ta kampaniya vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu vaksinalar 13 million aholiga mo‘ljallangandi.

“Vaksinalar va immunizatsiya global alyansi (GAVI) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aholining daromadi past bo‘lgan 21 ta mamlakat COVID-19 tarqalishi tufayli chegaralarning yopilishi va transport yuk qatnovlari muammosi yuzaga kelishi oqibatida vaksinalar yetishmovchiligi kuzatilayotganini xabar qilgan”,— deya ta’kidlagan JSST rahbari maxsus brifingdagi bayonotida.

Gebreyesus Sahroi Kabirdan janubda bezgak kasalligi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanini ham qayd etgan. JSST prognozlariga ko‘ra, kasallikdan odamlarni emlash to‘xtatilsa, ushbu hududda bezgak bilan kasallanganlar soni ikki baravarga ko‘payishi mumkin.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlari koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralarini yopgan va xalqaro aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.