- - Marvel studiyasi aktyorlari suratga olish maydonchalaridan qanday suvenirlarni olib ketgan?

Marvel studiyasi aktyorlari suratga olish maydonchalaridan qanday suvenirlarni olib ketgan?

Amerikalik teleboshlovchi Jimmi Kimmelning dasturi davomida taniqli Gollivud aktyori Kris Hemsvort uyida suratga olish maydonchasidan o‘g‘irlangan Torning bolg‘asini maqtanishni juda yaxshi ko‘rishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kinopoisk”.

Aktyorning ta’kidlashicha, uning bu qilig‘i xotiniga — aktrisa Elza Patakiga yoqmaydi va u bolg‘ani doim javonga solib qo‘yadi.

“Uning turli joylarga sakrab yuradigan odati bor. Men uni kamin oldidagi tokchaga qoldirsam, xotinim uni yana javonga solib qo‘yadi. Uni oshxonaga qo‘ysam, u yana javonga qaytib boradi”, — deydi Hemsvort “Tor” filmidagi “Myolnir” bolg‘asini namoyish etar ekan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hemsvortning uyida jami beshta Tor bolg‘asi bor bo‘lib, aktyor ularni suratga olish maydonchalaridan olib kelgan. Boshqa aktyorlar ham suratga olish joyidan turli suvenirlarni o‘ziniki qilib olishni yaxshi ko‘radi:

“Tor: Ragnaryok” filmida Hemsvort bilan suratga tushgan Keyt Blanshettda ham o‘zining “Myolnir”i bor. Shuningdek, aktrisaning uyida “Xobbit” trilogiyasidagi Tauriel tig‘lari, elflarning quloqlari va xobbitlarning oyoqlari ham saqlanadi;
Tom Xolland esa “O‘rgimchak odam” filmida to‘rlarni otishga mo‘ljallangan moslama va “Uydan uzoqda” filmidagi Toni Starkning ko‘zoynagini o‘ziniki qilib olgan;
Kris Pratt esa Yulduz Lordining kurtkasi va kostyumidagi bir qancha elementlarni olib ketgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyor bu ishni o‘z qahramoni qiyofasida shifoxonalardagi bolalarning oldiga borish uchun qilgan;
Chedvik Bouzmanning uyida “Qora pantera” filmidagi Kimoyoning taqinchog‘i saqlanadi;
Sebastian Sten va Karen Gillan suratga olish joyidan rekvizitlarni olib ketish o‘rniga, soxta metall qo‘lni kiyishga yordam beradigan gel zaxirasini olib qo‘ygan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.