Главная - Новости - Germaniyada noyob oynavand Lexus 1 mln yevroga sotuvga qo‘yildi

Germaniyada noyob oynavand Lexus 1 mln yevroga sotuvga qo‘yildi

Germaniyada noyob Lexus LFA egasi avtomobilni sotuvga qo‘ydi. Oynavand kuzovga ega mashinaga 1 049 600 yevro so‘rashmoqda, deb xabar berdi Mobile.

LFA modeli 2010-yildan 2012-yilgacha ishlab chiqarilgan. Ikki yil mobaynida 500 ta ana shunday avtomobil sotilgan. O‘shanda transport vositasining narxi 375 ming dollar edi.

Lexus LFA noodatiy xrom bilan qoplangan kuzovga ega bo‘lib, u hamma narsani oynadek aks ettiradi. Avto 4,8 litr sig‘imga ega V10 motoriga ega. Mashina tezligi soatiga 100 ga chiqishi uchun 3,7 soniya talab etiladi. Uning maksimal tezligi soatiga 325 kilometrni tashkil etadi.


Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.