- - Superliga klublari tarkibining narxlari e’lon qilindi. Eng qimmat tarkib “Paxtakor”da

Superliga klublari tarkibining narxlari e’lon qilindi. Eng qimmat tarkib “Paxtakor”da

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Superligasi klublari orasida eng qimmat tarkibga ega jamoa “Paxtakor” bo‘lib qolmoqda.

“Sherlar” tarkibi 11,9 million yevroga baholangan. Shu bilan birga aprel oyi boshidagi narx bilan hisoblaganda (14,1 million) “Paxtakor” Superliga eng ko‘p miqdorda arzonlagan klub bo‘lib turibdi — 2,2 million yevro.

Ikkinchi o‘rindagi “Lokomotiv” 1,3 million yevroga arzonlashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka kirgan “Navbahor” tarkibi 920 ming yevro yo‘qotgan. So‘nggi o‘rinlardagi “Andijon” va “Metallurg”dan tashqari barcha jamoalar narxida pasayish bo‘lgan.

Superliga klublari tarkibining narxlari:

“Paxtakor” — 11,9 million yevro
“Lokomotiv” — 7,75
“Navbahor” — 6,33
OKMK — 5,8
“Bunyodkor” — 5,6
“So‘g‘diyona” — 5,33
“Qo‘qon-1912” — 5,15
“Nasaf” — 4,83
“Surxon” — 4,6
“Buxoro” — 4,1
“Metallurg” — 3,98
“Qizilqum” — 3,48
“Andijon” — 2,68
“Mash’al” — 2,3
Umumiy hisobda — 73,8 million yevro
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.