- - Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi

Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus tarqalishiga bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi C-SPAN telekanali.

“Mamlakatning barcha hududi yaxshi holatda, har jihatdan yaxshilanmoqda”, — deydi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York, Yangi Orlean, Detroyt, Boston va Xyustonda kasallikka chalinish holatlari kamaymoqda. Bundan tashqari, prezident Vashington, Denver, Sietl, Indianopolis, Sent-Luisdagi vaziyat barqaror ekanligi va kasallanish holatlari kamayayotganini bildirdi.

Trampning ma’lum qilishicha, AQSh chindan ham qo‘rqinchli vaziyat bilan to‘qnashgan, biroq mamlakat oldinga harakat qilishda davom etyapti.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 988 mingdan, virus qurbonlari soni 56 mingdan oshdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Uning ortidan Ispaniya (229 ming) va Italiya (199 ming) o‘rin olgan. Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoy to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.