Главная - Новости - Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2950 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2950 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 90 holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 2950 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 725 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Nur-Sulton — 52;
Olmaota — 17;
Chimkent — 1;
G‘arbiy-Qozog‘iston —1;
Qarag‘anda viloyati — 1;
Mang‘istov — 1;
Turkiston viloyati — 6;
Pavlodar viloyati — 6;
Olmaota viloyati — 1;
Jambil viloyati — 2;
Atirau viloyati — 1;
Aqmo‘la viloyati — 1 ta holat.
Avvalroq Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-mayga qadar uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, ushbu muddatga qadar koronavirus bilan kasallanishning yangi to‘lqini kuzatilmasa, favqulodda holat rejimi bekor qilinadi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.