- - Rossiyadagi yirik banklar ayrim xodimlarini ofisda yashab ishlash tartibiga o‘tkazmoqda

Rossiyadagi yirik banklar ayrim xodimlarini ofisda yashab ishlash tartibiga o‘tkazmoqda

Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyadagi yirik banklar ayrim xodimlarni ofisda yashab ishlash tartibiga o‘tkazmoqda. Jumladan, “Sovkombank” va “Zenit” banki allaqachon xodimlar uchun 24/7 shaklidagi tartibni joriy etgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.


“Sovkombank” taxminan 10 nafar xodimni ofisda ham yashash, ham ishlash tartibiga o‘tkazgan. Bu haqda kredit tashkiloti raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Xotimskiy ma’lum qilgan. Ushbu harakat bank operatsiyalarining ishonchli va uzluksizligini ta’minlaydi.

“Ushbu tartib bankning yuragi hisoblangan — g‘aznachilik operatsiyalariga taalluqli, uzluksiz ishlashi talab etiladigan jarayon ham shu. Har kunlik hisob-kitoblarga mas’ul bo‘lgan asosiy mutaxassislar bankda yashamoqda: to‘liq izolyatsiya qilingan, shu yerda uxlaydi, ovqatlanadi va cho‘miladi, pandemiya yakuniga yetmaguncha yaqin qarindoshlari bilan uchrashmaydi. Buni zaruriy chora deb hisoblaymiz”, — degan Xotimskiy.

U xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra bu tartibga o‘tgani va bu uchun ularga ustamalar to‘lanayotganini ham qayd etgan.

“Zenit” banki ham alohida guruhdagi xodimlarni mazkur rejimga o‘tkazish rejasini tuzgan, biroq amalga oshirishni hali boshlamagan. Boshqaruv kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Ribakov bankda ofislardagi favqulodda holatlar uchun mas’ul xodimlardan iborat guruhlar tarkibi shakllantirilganini bildirgan.

“Rejada guruhlarning bankda yashashi va har tomonlama rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilinadi, shuningdek, mutaxassislar uchun maishiy buyumlar ham taqsimlangan. Maxsus motivatsion dastur ishlab chiqilib, bu boradagi maslahatlar va ishlash tartibi tushuntirilgan. Bunga tibbiyot xodimlari ham biriktiriladi”, — deydi Ribakov.

Bank xodimlarni izolyatsiya qilishning shart-sharoitlari haqida to‘xtalgan, ammo boshqa tafsilotlarni oshkor etmagan. Bank raisining birinchi o‘rinbosari maxsus guruhlardagi xodimlar COVID-19 bo‘yicha test topshirganini qayd etgan.

Rossiyadagi tashkilot va muassasalarning aksariyati xodimlarining ko‘p qismini masofadan ishlashga o‘tkazgan. Ammo ularda ofisdan turib ishlash va u yerda yashashga ruxsat berilmagan. Jumladan, VTB, “Rayffanzenbank”, “Rosbank”, “Promsvyazbank” va “Tinkoff Bank”da bunday tartib joriy etilmagan. Nashr xabariga ko‘ra, mamlakatdagi top-20 reytingiga kiruvchi banklar qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan.

Mart oylarida ko‘plab kredit tashkilotlari ham xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishni boshlagan. Shuningdek, banklar xorijdan qaytgan xodimlarning ofislarga kelishini ham taqiqlab qo‘ygan. 16-martda Rossiyada COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha 93 ta holat kuzatilgandi.

25-martda koronavirusga chalinganlar soni 163 tagacha o‘sdi, Vladimir Putin 30-martdan 5-aprelgacha ishlanmaydigan hafta deb e’lon qilgan, ushbu cheklov banklarga nisbatan qo‘llanilmagandi. Ammo Moskvada va boshqa federal hududlarda banklarning ayrimlarida xodimlar masofadan ishlashga o‘tkazilgan. Keyinchalik ishlanmaydigan kunlar 30-aprelgacha uzaytirilgach, kredit tashkilotlari bo‘linmalardagi ish tartibi o‘zgarishini ma’lum qilgan.

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.