- - Pxenyanda aholi vahimaga tushgani haqidagi xabarlar rad etildi

Pxenyanda aholi vahimaga tushgani haqidagi xabarlar rad etildi

G‘arb ommaviy axborot vositalarida Kim Chen Inning o‘limi borasida xabarlar tarqalganiga qaramay, Pxenyan aholisi odatdagidek hayot kechirmoqda. Bu haqda KXDRdagi muxbiriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya poytaxtining ko‘chalarida vaziyat sokin, karantin choralari sabab shahar markaziy qismida odamlar gavjum emas. Pxenyan markazida avtomobillar deyarli yo‘q. Umumiy ovqatlanish muassasalari va savdo nuqtalari odatdagi rejimda ishlamoqda, ko‘chalarda qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari yo‘q.

Avvalroq The Washington Post Kim Chen Inning biografiga tayanib, Pxenyanda mamlakat rahbarining o‘limiga oid xabarlar fonida vahima boshlanganini yozgan. Nashrning ta’kidlashicha, aholi oziq-ovqatlar, maishiy buyumlar, alkogol va elektronika vositalarini xarid qilishga tushib ketgan. Shuningdek, aholini poytaxt uzra pastlab uchayotgan vertolyotlar ham qo‘rqitib yuborgani ta’kidlangan.

21-apreldan buyon jahon ommaviy axborot vositalari KXDR yetakchisi vafot etgani yoki og‘ir ahvolda yotgani haqida ma’lum qilmoqda. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In muvaffaqiyatsiz kechgan operatsiyadan so‘ng komaga tushgan yoki vafot etgan. Xitoy, AQSh va Rossiya Shimoliy Koreya yetakchisining vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etmoqda.

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.