- - Tramp AQSh sog‘liqni saqlash vazirining ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

Tramp AQSh sog‘liqni saqlash vazirining ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

Koronavirusga qarshi kurashda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azarning lavozimidan bo‘shatilishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azarni ishdan bo‘shatishim haqidagi ma’lumotlar bu — feyk xabarlar”, — deb yozadi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, OAV bundan boxabar, biroq ular ataylab tartibsizlik keltirib chiqarishga urinmoqda.

“Aleks o‘z ishini qoyilmaqom bajarmoqda”, — deya qayd etgan Tramp

Avvalroq The Wall Street Journal Amerika prezidenti apparatidagi manbalariga tayanib, Oq uy AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azarni koronavirusga qarshi kurash masalasida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun lavozimidan ozod etishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Politico esa Oq uy Sog‘liqni saqlash vazirligiga rahbar sifatida bir necha nomzodni ko‘rib chiqayotganini yozgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.