- - Tojikistonda barcha futbol uchrashuvlari to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan

Tojikistonda barcha futbol uchrashuvlari to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan

Tojikistonda futbol bo‘yicha barcha musobaqalar 10-mayga qadar to‘xtatildi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Tojikiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 26-aprel, yakshanba kunidagi bahslardan so‘ng barcha o‘yinlar 10-mayga qadar o‘tkazilmaydi.

“Tojikiston futbol federatsiyasi (TFF) COVID-19 koronavirusi profilaktikasi bo‘yicha Respublika shtabining mamlakatda barcha ommaviy va sport tadbirlarini to‘xtatib turish qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sabab TFF tashkilot tasarrufidagi barcha futbol musobaqalarini to‘xtatish qaroriga keldi”, — deyiladi federatsiya bayonotida.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.