- - Video: Germaniya yo‘llarida soatiga 372 km tezlikda harakatlanayotgan LaFerrari

Video: Germaniya yo‘llarida soatiga 372 km tezlikda harakatlanayotgan LaFerrari

Internetda Germaniya yo‘llarida soatiga 372 km tezlikda harakatlanayotgan LaFerrari avtomobili videosi tarqaldi, deb xabar beradi Carakoom.
Ferrari LaFerrari avtomobili ilk marta 2013-yilda ishlab chiqarilgan. U 789 ot kuchiga va 6,3 litrli V12 motorga ega edi. Gibrid tizim bilan esa uning quvvati 950 ot kuchiga yetdi.

Videorolik haydovchining ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga qo‘shilib olib, katta tezlikda harakatni davom ettirishi bilan boshlanadi. Haydovchi gaz pedalini oxirigacha bosadi, shundan so‘ng avtomobilning tezligi oshib boraveradi, yettinchi tezlikka olinganidan keyin avtomobil e’lon qilingan maksimal tezligi soatiga 349 kilometrni ham ortda qoldira boshlaydi. Haydovchi tezlikni soatiga 360, keyin esa 372 kilometrga yetkazadi.

Ferrari LaFerrari ishlab chiqarishni 2016-yilda to‘xtatib, uning o‘rniga ochiq tomli Ferrari LaFerrari Aperta ishlab chiqarishni boshlagan.


Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.