Главная - Новости - Olimlar koronavirus inson umrini 10 yilga qisqartirishini ma’lum qildi

Olimlar koronavirus inson umrini 10 yilga qisqartirishini ma’lum qildi

Koronavirusdan tuzalgan odam odatdagi holatlardan ko‘ra 10 yil ertaroq vafot etadi. Bu haqda Shotlandiya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati va Edinburgdagi Glazgo universiteti olimlariga tayanib, Wellcome open research xabar berdi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, erkaklar virus sabab o‘rtacha 13 yil, ayollar esa — 11 yil ertaroq vafot etmoqda.

Shotlandiyalik ekspertlarning ta’kidlashicha, COVID nafaqat bemorlarni, balki yosh va sog‘lom insonlarning ham hayotiga zomin bo‘lmoqda.

“OAV bor e’tiborini koronavirusning ‘boshqa kasalligi bor odamlar’ ta’siriga qaratayotgan bir vaqtda, uzoq muddatli tabiatga ega kasallik turi va soni inson umrining davomiyligini qisqartirib, virus oqibatida o‘limga olib kelmoqda”, — deydi Glazgo universiteti olimi Devid Makallister.

Avvalroq Chikagoda joylashgan Fild nomidagi tabiiy tarix muzeyi olimlari ko‘rshapalaklar va koronavirus o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagani haqida xabar berilgandi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.