- - Moskvada koronavirus qurbonlari soni 400 kishidan oshib ketdi

Moskvada koronavirus qurbonlari soni 400 kishidan oshib ketdi

Moskva shahrida COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 400 kishidan oshdi. Bu haqda mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi xabar berdi.

O‘tgan bir sutka ichida Rossiya poytaxtida 38 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Shunday qilib, butun shahar bo‘ylab COVID-19 qurbonlari soni 404 kishiga yetdi.

Tezkor shtab vafot etganlarning yoshi, shuningdek, ular boshqa kasallardan ham aziyat chekkan yoki chekmaganligiga oydinlik kiritmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 74,6 mingdan ortiq holat qayd etilgan bo‘lib, bemorlarning 6250 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 681 kishiga yetgan. Kasallar soni bo‘yicha Moskva shahri yetakchilik qilmoqda — 39,5 ming bemor. Uning ortidan Moskva viloyati (8494 bemor, 69 qurbon), Sankt-Peterburg (2926 bemor, 23 qurbon) va Nijegorodsk viloyati (1214 bemor, 8 qurbon) o‘rin olgan.

Avvalroq Moskvadagi barcha tibbiyot xodimlarining COVID-19’ga qarshi immuniteti tekshirilishi ma’lum qilingandi. Rossiyada COVID-19 tashxisini qo‘yuvchi 17 ta test davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.