- - Italiyada jinoyatchilar orasida afsonaga aylangan politsiyaning noyob Ferrari’si sotuvga qo‘yildi

Italiyada jinoyatchilar orasida afsonaga aylangan politsiyaning noyob Ferrari’si sotuvga qo‘yildi

Londondagi Girardo & Co dilerlik markazi politsiyachilarning noyob Ferrari mashinasini sotuvga qo‘ydi. To‘rt o‘rinli Ferrari 250 GTE 1963-yilda Rim politsiyasida xizmat boshlab, olti yil davomida jinoyatchilar orasida afsona darajasiga yetgan. Bu turdagi avtomobildan ikki nusxa yaratilgan bo‘lib, hozirga qadar bir donasi saqlanib qolgan, deb xabar beradi Motor.

1960-yillarda Italiyada deyarli barcha jinoyatchilik holatlari gumonlanuvchilarni quvish bilan yakunlangan. Jinoyatchilar ancha tez harakatlanuvchi avtomobillarga o‘tirib qochganligi sababli politsiya ham ortda qolmaslik uchun Alfa Romeo 1900’ni biroz tezkorroq Giulia 1600 sedaniga almashtirgan. Biroq bu ham yetarli bo‘lmagan. Ofitser Armando Spataforning “uchar bo‘linmasi”dan jinoyatchilikka qarshi kurashda politsiya uchun nima kerak deya berilgan savolga, ular quyidagicha javob qaytargan: “Ferrari’dan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin?”.


Spatafor va yana uch nafar politsiya xodimi Maranelloga yuborilib, haydovchilik mahoratini oshirish kursida o‘qib qaytgan. Dastur oxirida Spataforga vett. Polizia (politsiya avtomobili) nomi ostidagi yangi — Ferrari 250 GTE 2+2 Series II mashinasini ko‘rsatishgan. Ferrari ikkita bir xil mashinani ishlab chiqargani ma’lum, biroq bir necha haftadan so‘ng, jinoyatchilarni quvish vaqtida mashinalardan biri yo‘q qilingan.

1984-yilda Armando Spatafor “o‘zining” Ferrari’si ruliga o‘tirib, Coppa delle Dolomiti tarixiy poygasida ishtirok etgan va marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan. 2000-yillar boshida avtomobil politsiya transporti muzeyiga topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, mashina narxi xaridorning so‘roviga ko‘ra, ma’lum qilinadi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.