- - Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 682 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 682 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 51 holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 2652 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 646 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Nur-Sulton — 8;
Olmaota — 15;
Chimkent — 1;
Oqmo‘la viloyati — 1;
Mang‘istov viloyati — 1;
Turkiston viloyait — 1;
Pavlodar viloyait — 3;
G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati — 13;
Jambil viloyati — 1;
Qizilo‘rda viloyati — 7 ta holat.


Qirg‘izistonda esa 26-aprel holatiga ko‘ra, yana 17 kishida COVID-19 aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Nurbolot Usenboyevga tayanib, Akipress ma’lum qildi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 682 kishiga yetdi. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Bishkek — 7;
Norin viloyati — 2;
Batken viloyati — 2;
Jalolobod viloyati — 2;
O‘sh viloyati — 2;
O‘sh shahri — 1;
Chuy viloyati — 1 ta holat.
Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus qurbonlari esa 8 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda 26-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1865 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 707 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.