Главная - Новости - Amerikalik erkak koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun plyajlarga o‘lim kiyimida kelishga qaror qildi

Amerikalik erkak koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun plyajlarga o‘lim kiyimida kelishga qaror qildi

Koronavirusga chalingan va vafot etayotganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq Florida shtati ma’muriyati 18-apreldan zarur xavfsizlik qoidalariga rioya etib ishlash sharti bilan hududdagi plyajlarni ochdi, deb yozadi Esquire.

Plyajlarning ish vaqti ertalabki (06:00 dan 11:00 gacha) va kechki (17:00 dan 20:00 gacha) vaqtga ajratildi.

Bu yerda piyoda yurish, velosiped uchish, yugurish, baliq tutish, uy hayvonlarini sayr qildirish, suzish va serfing bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.

Barcha tashrif buyuruvchilardan ijtimoiy masofa saqlash so‘ralmoqda. Shuningdek, 50 kishidan ko‘proq odam to‘planishi taqiqlangan.

Plyajlar ochilishi bilan dengiz bo‘yiga juda ko‘p odam to‘plangan. Hamma ham ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etmagan.

Aksariyat amerikaliklarni bu ahvol hayratga soldi va hatto ijtimoiy tarmoqlarda #FloridaMorons (Floridalik ahmoqlar) degan xeshteg paydo bo‘ldi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.