- - Saharlikka tovuqdan tez tayyor bo‘ladigan taom retsepti

Saharlikka tovuqdan tez tayyor bo‘ladigan taom retsepti

Tovuq filesidan mazali va yengil hazm bo‘ladigan taom tayyorlash mumkin va ushbu taom mazasi katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. E’tiboringizga havola qilmoqchi bo‘lgan retseptni tayyorlash uchun ko‘p vaqt ketmaydi.

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

tovuq filesi — 500 gramm;
piyoz 2 dona;
smeta yoki qaymoq — 2 qoshiq;
un — 1 osh qoshiq;
limon sharbati — 1 choy qoshiq;
murch;
tuz;
o‘simlik yog‘i;
ko‘katlar.
Tayyorlanishi:

Ishni tovuq filesini yupqa qilib kesishdan boshlang, to‘g‘ralgan tovuq go‘shtiga limon sharbati soling, tuzlang va ta’bga ko‘ra murch qo‘shing.
Fileni qizigan o‘simlik yog‘iga solib yarim-chala qilib qovuring.
Piyozni yarim dumaloq shaklda kesib, o‘simlik yog‘ida tillarang bo‘lgunicha qovuring.
Sous tayyorlang. Buning uchun 1 qoshiq unga suv qo‘shib, yaxshilab aralashtiring, keyin uni qovurilgan piyoz ustiga qo‘shing. Smetana, tuz solib qaynating.
Sousga tovuq filesini qo‘shing va ustini yopib, dimlab pishiring.
Taomga istalgan ziravor, xususan, quritilgan rayhon kukunini qo‘shish mumkin.
Tayyor bo‘lgan qaylali tovuqni kartoshka, guruch yoki sabzavotlar bilan qo‘shib dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.