Главная - Новости - “Energetik-BGU” yirik hisobda yutqazdi. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi ketma-ket uch o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmoqda

“Energetik-BGU” yirik hisobda yutqazdi. Yaxshiboyev va Umarov jamoasi ketma-ket uch o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmoqda

Belarus chempionatining 6-turida “Energetik-BGU” 24-aprel, juma kuni “Neman” maydoniga safar qildi.

Unda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 66-daqiqada Gegam Kadimyan “Neman”ni oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Pavel Zabelin ikkita to‘p kiritgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilardan Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 59-daqiqada maydonga tushdi.

Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.