- - AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etdi. Tajriba to‘xtatilgan

AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi dorilar sinovida 20 kishi vafot etdi. Tajriba to‘xtatilgan

AQShda bezgakka qarshi xloroxin preparatini koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llash bo‘yicha sinovlar to‘xtatildi. Tajribalar vaqtida avval taxmin qilinganidek, ayrim bemorlarda yuragida muammolar kuzatildi va 20 nafar ko‘ngilli ushbu holat oqibatida vafot etdi. Tadqiqot natijalari 24-aprel, juma kuni, Amerika tibbiyot assotsiatsiyasining jurnalida e’lon qilingan.

Sinovlarda 81 nafar odam ishtirok etgan. Koronavirus bilan kasallangan va ushbu dori orqali tuzalishni istagan bemorlarga 10 kun davomida xloroxindifosfat yuborilgan. Bemorlar ikki guruhga bo‘lingan va biriga katta doza, boshqasiga esa nisbatan yuqori bo‘lmagan dozada dori jo‘natilgan. Birinchi guruhda avvaliga kasallikning og‘ir o‘tishi 50 foizga kamaygan, ammo uzoq vaqt o‘tmay olimlar preparatning virusga yuqori konsentratsiya bilan ta’sir qilishi mumkinligi, ammo bu organizmda aks ta’sir uyg‘otishini aniqlagan.

“Ushbu tadqiqotning dastlabki natijalaridan kelib chiqib, CQ’ning nisbatan yuqori dozasini COVID-19 bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlarga bermaslik tavsiya qilinadi, sababi preparat odam sog‘lig‘ini xavf ostida qoldirishi mumkin”, — deyiladi tadqiqot xulosalarida.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.