- - Uxanda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yordam bergan qurilmalar Toshkentga olib kelindi

Uxanda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yordam bergan qurilmalar Toshkentga olib kelindi

O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi 23-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘pka kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan KTEA elektron apparatlardan iborat 4 ta jamlanmani qabul qilib oldi. Bu haqda milliy palata axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, keltirilgan apparatlar Xitoyda koronavirus o‘chog‘iga aylangan Uxan shahrida COVID-19’ning og‘ir ko‘rinishlarini davolashda yuqori samara bergan.

Innovatsion qurilma O‘zbekistonga milliy palata va Pekinning Beijing Hong Tian Li Fhamaceutical Co.Ltd kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yetkazib berilgan. Qurilma shifoxonalarga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun beg‘araz topshiriladi.

O‘pka kasalliklarini davolash uchun elektr moslamasi KTEA-TTS Treatment Device Xitoyning Beijing Shenzhou Hanfang Medical Technology Co. Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Ma’lum qilinishicha, milliy palata raisi Ravshan Izamov Xitoy Hayot va sog‘liqni saqlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Ushbu uyushma direktorining o‘rinbosari Chen Sinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xubey provinsiyasining Uxan shahrida KTEA elektr qurilmalari COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikni namoyish etgan. Natijada Xitoy poytaxti Pekin shahridagi aksariyat kasalxonalar hozirda KTEA qurilmalari bilan jihozlangan.

Ta’kidlanishicha, Xitoy tomoni KTEA apparatidan foydalanish va davolash usullari to‘g‘risida mavjud barcha ma’lumotlarni taqdim etgan.

Milliy palata raisining so‘zlariga ko‘ra, Chen Sinpin bilan We Chat ijtimoiy tarmog‘ida maxsus guruhlar tashkil etish orqali onlayn konsultatsiyalarni tashkil etish imkoniyati to‘g‘risida kelishuvga erishilgan. Bu xitoylik shifokorlarga bugungi kunda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ustuvor bo‘lgan KTEA uskunasidan samarali foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatishga imkon berishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Xitoydan uch marta gumanitar yordam yuklarini qabul qildi hamda mazkur mamlakatdan 200 mingta test tizimini sotib oldi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.