- - Italiyalik olimlar koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi haqidagi haqiqatlarni oshkor etdi

Italiyalik olimlar koronavirusdan vafot etgan bemorlarning o‘limi haqidagi haqiqatlarni oshkor etdi

Italiyalik olimlar Janluka Rinaldi va Matteo Paradizi mamlakat hududida koronavirus yuqtirib olganda bemorlar va ularning o‘limi soni eng ko‘p qayd etilgan Lombardiyada vafot etganlar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qildi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e’lon qilingan.
Rinaldi va Paradizi koronavirus bo‘yicha rasmiy statistikadan foydalanishmadi. Uning o‘rniga SARS-CoV-2’ga o‘tkazilgan testlar sonini tahlil qilishdi. Tadqiqot aholi umumiy soni 50 ming kishini tashkil qilgan Lombardiyadagi 10 ta aholi punktlarida o‘tkazildi.

Olimlar 21-fevraldan boshlab 40 kun davomida qayd etilgan o‘lim soni bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘rgandi va e’tiborni barcha chegaralarning yopilishi, karantin cheklovlarining o‘rnatilishidan keyingi davrga qaratdi. Ikki olim 2020-yildagi ma’lumotlarni oxirgi besh yili ichida qayd etilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqosladi.

Natijada 21-fevral—4-aprel holatiga ko‘ra 2020-yil davomida 341 kishi vafot etgani va bu oxirgi besh yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘pligi aniqlandi. Aprel boshiga kelib o‘lim holatlari avvalgi yillardagi ko‘rsatkich bilan deyarli bir xil ekani kuzatilgan, bu mamlakatdagi karantin cheklovlarining samara berganidan dalolat.


Shuningdek, keskin choralar bekor qilinganidan keyin hududdagi qon tahlili ham ko‘rib chiqilgan. O‘rganilgan hududda aholining taxminan 40 foizi kasallangan, alohida yashash punktlarida esa ushbu ko‘rsatkich 80 foizga teng bo‘lgan. Tadqiqot mualliflari koronavirusdan vafot etish darajasi 1,29 foiz ekani, 60 yoshdan oshgan odamlarda esa bu ko‘rsatkich 4,25 foizni tashkil qilishini aniqlagan. Bu rasmiy statistikadagi ko‘rsatkichdan kamroq, biroq xavf ortda qolganini ham anglatmaydi: COVID-19’dan qayd etilgan o‘lim holatlari gripp kasalligidagi holatlardan yuqoriroq. Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotda mamlakatda 24-aprel holatiga ko‘ra, 193 ming nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, shundan qariyb 26 mingi vafot etgan va bu 13,5 foizni tashkil etmoqda.

Rinaldi va Paradizi aniqlagan raqamlar Diamond Princess sayohat kemasida qayd etilgan statistikaga juda yaqin, u yerda 712 nafar kasallanganlar orasida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgandi. Kemada keksa yoshli kishilar soni ko‘proq bo‘lgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.