- - Koronavirus sababli Italiyada o‘nlab mafiya boshliqlari qamoqdan ozod qilinishi mumkin

Koronavirus sababli Italiyada o‘nlab mafiya boshliqlari qamoqdan ozod qilinishi mumkin

Italiya hukumati COVID-19 kasalligini yuqtirib olish xavfi sababli o‘nlab mafiya boshliqlarini qamoqdan chiqarib, uy qamog‘iga o‘tkazishi mumkin. Ular qatoridan 70 yoshdan katta va turli surunkali kasalliklari bo‘lgan mafiya boshliqlari o‘rin olishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Biroq Italiya adliya vaziri Alfonso Bonafede hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini aytgan.

Italiyaning L’Espresso jurnali xabariga ko‘ra, Milan sudi Sitsiliya mafiyasining eng nufuzli yetakchilaridan biri, 23 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan 78 yoshli Franchesko Bonuruni uy qamog‘iga o‘tkazishga qaror qilgan. So‘nggi bir necha haftada Kalabriyaning Ndrangeta mafiyasi rahbarlari — 65 yoshli Vinchensino Yannatsso va 72 yoshli Rokko Santo Filippone qamoqxonalardan uy qamog‘iga jo‘natilgan.

The Guardian’ning yozishicha, umumiy hisobda Italiya qamoqxonalarida uy qamog‘iga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan 74 nafar mafiya boshlig‘i bor. Ular orasida Sitsiliya mafiyasining yetakchilaridan bo‘lgan 78 yoshli Leoluka Bagarella va 81 yoshli Raffaele Kutolo ham bor.

Mafiya boshliqlarining uy qamog‘iga o‘tkazilishi ehtimoli pandemiya vaqtida va undan keyin jinoyatchilikning ko‘payishi haqidagi xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda Italiya qamoqlarida jinoiy tashkilotlarning taxminan 12 ming nafar a’zosi jazo muddatini o‘tamoqda. Qamoqxonalar xodimlarining aytishicha, mahbuslar virusni yuqtirib olish ehtimolini oshirish va qamoqdan chiqish uchun bir-biri bilan quchoqlashishni boshlagan.

Koronavirus sababli Turkiya 90 ming mahbusni, AQSh esa minglab mahbuslarni vaqtincha ozod qilishi ma’lum qilingan. Eron esa dastlab 70 ming, keyinroq 100 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qildi. Xitoydagi qamoqxonada esa 200 dan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgani aniqlangandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.