- - Yaqin do‘stining qo‘ng‘irog‘i angliyalik erkakning koronavirusdan vafot etishidan saqlab qoldi

Yaqin do‘stining qo‘ng‘irog‘i angliyalik erkakning koronavirusdan vafot etishidan saqlab qoldi

Angliyalik erkak do‘sti bilan videoaloqa orqali gaplashib, uning koronavirusdan vafot etishidan saqlab qoldi, deb xabar berdi Daily Mail.

Angliyaning Liverpul shahrida yashovchi 57 yoshli Derek Kempbell o‘zini yomon his qildi. Unda yo‘tal va quloq og‘rig‘i boshlandi. Shifokorlar erkakka nafas olishi qiyinlashmagunga qadar o‘zini yakkalab, uyda davolanishni tayinladi.

Kempbell Avstraliyadan qo‘ng‘iroq qilgan qiziga kasalligini aytmagan. Keyin uning issig‘i ko‘tarilib, hid bilish qobiliyati yo‘qoldi, gallyutsinatsiya boshlandi.

Kempbellga videoaloqa orqali qo‘ng‘iroq qilgan yaqin do‘sti Terri Jonson uning ahvoli yomonligini ko‘rib, zudlik bilan tez yordam chaqirgan.

Kasalxonada Kempbellga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Uning ahvoli shu qadar yomon ediki, shifokorlar erkakni besh kunga sun’iy koma holatiga tushirib qo‘ygan.

Uning hayotini saqlab qolish uchun uch hafta kurashishdi. Hozirda Kempbellning ahvoli yaxshi, unga uyga javob berilgan. Erkak hayotini saqlab qolgani uchun do‘stiga minnatdorchilik bildirgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.