Главная - Новости - Nigeriyalik ayol 43 yillik urinishlardan so‘ng 68 yoshida egizak farzandli bo‘ldi

Nigeriyalik ayol 43 yillik urinishlardan so‘ng 68 yoshida egizak farzandli bo‘ldi

Nigeriyaning Lagos shahrida 68 yoshli ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi, deb yozadi Daily Mail.
Margarett Adenuga va uning turmush o‘rtog‘i 70 yoshli Noa Adenuga 43 yil davomida farzand ko‘rishga uringan.
Ayol to‘rt marta ekstrakorporal urug‘lantirish muolajasini olgan, biroq ulardan faqatgina to‘rtinchisi muvaffaqiyatli natija bergan.
Homiladorlikning 37-haftasida shifokorlar ayolga kesarcha kesish usuli bilan farzandini dunyoga keltirishni tavsiya qilgan. Shu tarzda ayol bir o‘g‘il va bir qizning onasi bo‘ldi.
Qayd etilishicha, ona va bolalarning ahvoli yaxshi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.