- - Yevropa iqtisodiyoti eng yomon oyni boshdan kechirdi

Yevropa iqtisodiyoti eng yomon oyni boshdan kechirdi

Koronavirus pandemiyasi va unga qarshi qo‘llanilgan cheklov choralari Yevropadagi ishbilarmonlik muhitini buzib yubordi, oqibatda qit’a eng yomon oyni o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Angliyadagi IHS Markit agentligi ma’lumotiga tayanib, The Wall Street Journal xabar bergan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash chora-tadbirlari iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarba bergan, bu yerda odamlarning uyda o‘tirgani va omma tashrif buyuradigan joylarning yopilgani (restoranlar, go‘zallik salonlari va boshqa maskanlar) asosiy omillardan.
Avvalgi jahon inqirozi vaqtida ham faollik indeksi bu qadar pastga qulamagandi. PMI bergan ko‘rsatkichlarga ko‘ra IHS Markit tuzgan ishbilarmonlik faolligi Yevropa Ittifoqi hududida aprel oyida 29,7 dan 13,5 pog‘onaga pastlagan. Agar PMIdagi ko‘rsatkichlar 50 pog‘onadan pastga qulashi bu sohadagi ishbilarmonlik faolligining qulaganini, tepaga chiqsa esa uning o‘sganini anglatadi.
IHS Markit’ning biznes bo‘yicha bosh iqtisodchisi Kris Uilyamsonga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurash choralari dunyoda talabning keskin tushgani va xodimlar hamda resurslar yetishmasligi tufayli Yevropa davlatlari iqtisodiga jiddiy ziyon yetkazgan.
Buyuk Britaniyada yig‘ma PMI 12,9 punktga (mart oyida 36,0 qator edi) qulagan va bu antirekord. Germaniyada qulashni 17,1 qator bo‘lishiga erishildi (mart oyida 35,0). Fransiya eng yomon natija ko‘rsatgan — 10,4 qator (martda 27,4 edi)
Oxford Economics kompaniyasi iqtisodchisi Rozi Koltorp koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rilgan choralar iqtisodiyot uchun kutilganidan ham yomonroq ta’sir qilganini aytib o‘tgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.