- - AQShda uchuvchisiz boshqariladigan televizorga o‘xshash g‘ayrioddiy mashina patentlandi

AQShda uchuvchisiz boshqariladigan televizorga o‘xshash g‘ayrioddiy mashina patentlandi

AQSh patentlar va tovar belgilari byurosi uchuvchisiz boshqariladigan televizorga o‘xshash g‘ayrioddiy mashinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Loyihaga ko‘ra, bu mobil avariya qurilish belgisi bo‘lib, u inson omili ishtirokisiz ham ishlay oladi. Kelajakda u haydovchi va quruvchilarga yo‘lda xavfsizlik qoidalarida rioya qilishda yordam berishi mumkin, deb xabar qiladi Motor.

Eskizlarga ko‘ra, qurilma muallifi avstraliyalik Norman Boyl ismli shaxs bo‘lib, tizim bort boshqaruv elementlariga ega bo‘lmasligi mumkin. Ixtiro ko‘plab kameralar, datchik va GPS tizimlari yordamida to‘liq avtonom bo‘la oladi. Shuningdek, uni masofadan turib ham boshqarish mumkin.
Patentning 32-sahifasida ushbu g‘alati transport vositasini boshqara oladigan barcha texnologiyalar sanab chiqilgan. Xususan, mobil tizim to‘liq elektr energiyasi yordamida ishlaydi. Bundan tashqari, undan qurilishdagi reklama lavhasi sifatida foydalansa bo‘ladi, patentga berilgan izohda qurilmadan boshqa ko‘plab maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida yozilgan, masalan, yong‘in o‘chirishda ham.


Uchuvchisiz boshqariladigan tizimlar konsepsiyasi nafaqat bitta transport vositasini, balki shu turdagi ko‘plab mobil belgilarni qamrab oladi. Bu esa qurilishda ishlayotgan yoki avtomobil boshqarayotganlarga ma’lum hududda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.