Главная - Новости - Xitoy elektromobillarni o‘zi topib, quvvatlantiruvchi avtonom robot ishlab chiqaradi (foto)

Xitoy elektromobillarni o‘zi topib, quvvatlantiruvchi avtonom robot ishlab chiqaradi (foto)

Shanxaydagi AIWAYS mobil aloqa provayderi Yevropa va Xitoyda elektromobillarni quvvatlantirishga mo‘ljallangan CARL avtonom roboti yaratish uchun yettita patent oldi, deb yozadi CARakoom.

Patentlar robot konstruksiyasi va tez quvvatlantirish usuliga birdek taalluqli.
Ishlanma amaliyotga joriy etilganidan so‘ng robotni mobil dastur orqali chaqirish imkoniyati yaratiladi. Robot elektromobil qayerda turganini o‘zi aniqlaydi, keyin esa avtomatik tarzda unga ulanadi. Avtomobilning egasi jarayonda umuman qatnashmasa ham bo‘ladi.
CARL istalgan turdagi elektromobilni tez quvvatlantira oladi. 30 va 60 kVt quvvatga ega CARL akkumulyatorni 50 daqiqadan kamroq vaqt ichida 80 foizgacha quvvatlantiradi. Bu esa xususiy va korporativ elektromibillar egalari, shuningdek, infratuzilma ishlab chiqaruvchilari va operatorlarga ham qo‘l keladi.
“Endi haydovchilar quvvatlantirish stansiyasini izlab yurishi shart emas, uning o‘zi elektromobilni topib oladi. Biz elektromobillardan foydalanishni sodda, qulay va yoqimli qilmoqchimiz”, — deydi AIWAYS firmasi rahbari o‘rinbosari.
CARL elektromobilni GPS ma’lumotlari orqali topadi. U avtomobilni quvvatlantirib bo‘lganidan keyin navbatdagi mijozga xizmat ko‘rsatishga yo‘l oladi yoki o‘z stansiyasiga qaytadi.


Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.