Главная - Новости - Tramp Eron katerlari Amerika kemalariga yaqinlashsa, ularga hujum qilishni buyurdi

Tramp Eron katerlari Amerika kemalariga yaqinlashsa, ularga hujum qilishni buyurdi

Donald Tramp AQSh harbiy dengiz kuchlariga Eron katerlari Amerika kemalarini ta’qib qilsa, ularni yo‘q qilishni buyurdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Aprel o‘rtalarida AQSh harbiy dengiz kuchlari har ikki davlat uchun neytral hudud hisoblangan Fors ko‘rfazida Eron katerlari Amerika kemalari yaqinida xavfli manyovr qilganini bildirgan. Katerlar Amerika kemalariga juda yaqin kelgan.

So‘nggi oylarda AQSh va Eron rahbarlari muntazam ravishda bir-biriga nisbatan o‘ta tajovuzkor harakatlar qo‘llamoqda, lekin odatda bu haqiqiy to‘qnashuvlarga olib kelmaydi.

2020-yilning yanvar oyida tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ziddiyat yuzaga kelgandi — AQSh Bag‘dodda Islomiy inqilobiy qo‘riqchilar korpusining yuqori martabali generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirdi, Eron esa unga javoban Iroqdagi Amerika bazasiga hujum qildi.

Shu yilning fevral oyida esa AQSh Kongressi Trampga Eronga qarshi kuch ishlatishni cheklab qo‘ydi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.