- - IKEA kompaniyasi rahbari karantindan keyin tug‘ilish ko‘payishini taxmin qildi

IKEA kompaniyasi rahbari karantindan keyin tug‘ilish ko‘payishini taxmin qildi

Dunyoga mashhur uy jihozlari sotadigan IKEA do‘konlarining egasi Ingka Group kompaniyasi karantindan keyin chaqaloqlar tug‘ilishining ortishini (baby boom) taxmin qildi. Shu sababli kompaniya bolalar jihozlarini ishlab chiqarishga investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi sababli uning sotuvlari hajmi 60 foizga qisqargan.

Ingka Group bosh direktori Yesper Brodinning so‘zlariga ko‘ra, karantin vaqtida onlayn xaridlar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga ko‘paygan, ba’zi mamlakatlarda esa o‘n martaga oshgan. Daniyadagi do‘konlar karantindan oldingi sotuvlar darajasiga qaytgan. Qayd etilishicha, odamlar uyda qolayotganligi sababli oshxona jihozlari ko‘proq xarid qilinmoqda. Lekin kompaniya bolalar jihozlariga katta investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Yesper Brodinning fikricha, 7 yoki 8 oydan so‘ng baby boom bo‘lishi, ya’ni ko‘plab chaqaloqlar tug‘ilishini kutish mumkin. Shu bois u bozorda yetarlicha taklif bo‘lishi kerakligini aytgan. Brodinning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi inqirozlar ham shunday holatga olib kelgan.

Uning aytishicha, kompaniya do‘konlarida arzonroq jihozlarga bo‘lgan talab nisbatan oshgan. Brodin ushbu holat karantindan keyin ham davom etishi mumkinligini aytgan, chunki odamlar ko‘p pul yo‘qotmoqda.

Kompaniyaning o‘z faoliyatini qayta tiklagan Xitoydagi do‘konlarda savdo bir yil oldingi sotuvlar darajasiga qaytgan. Uxan shahridagi do‘konlar yaqin haftalarda ochilishi aytilgan.

2019-yilning avgust oyi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, kompaniyaning bir yillik savdosi 36,7 milliard yevroga teng bo‘lgan, bundan 11 foizi onlayn savdoga to‘g‘ri keladi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.